💼 Tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o'tkazildi
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 18 milliondan ortig'ini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ularga munosib turmush sharoitini yaratish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
🏦 Ma'lumki, Xalq banki xotin-qizlar tadbirkorligini tashkil etish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi. Bu borada bank tomonidan tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Avval xabar (https://t.me/xalqbankinfo/4206) berganimizdek, bugun Xalq bankida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi 100dan ortiq tadbirkor ayollar va xotin-qizlar ishtirokida “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida tematik uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, Xalq bankida mavjud kreditlar, bank mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbirkorligini yo‘lgan qo‘ymoqchi bo‘lgan ayollar uchrashuv orqali mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Shuningdek, tadbirda Office Market, Dekos, MFaktor kabi loyihalar asoschisi, taniqli tadbirkor Hasan Mamasaidov ishtirokida muvaffaqiyatli biznes yuritishda eng muhim faktorlar haqida biznes trening tashkil etildi.