Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

“Tadbirkor ayollar” platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi

calendar 23.04.2025eye307share Поделиться

Prezidentimizning 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-103-sonli Qarori ijrosi doirasida, Xalq banki bosh ofisida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

 

Unda Xalq banki va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida "Loyihalar fabrikasi" negizida yangi "Tadbirkor ayollar" platformasini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi. 

Muhokamada, shuningdek, Davlat Soliq qo'mitasi, Milliy statistika qo'mitasi va "Realsoft" kompaniyasi vakillari qatnashdi.

 

 

Muloqot davomida "Tadbirkor ayollar" platformasining imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirish, ma'lumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

 

Ushbu tashabbus xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur axborot va texnologik yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.