"Trendda bo'l — kitob o'qi!" shiori ostida tashkil etilgan tadbir taniqli bloger Bahodir Ahmedov e'tirofida
Kecha Xalq banki tomonidan o‘tkazilgan kitobxonlik davra suhbatida bo‘ldik. Uchrashuvda bankning bir guruh yosh intellektuallari bilan do‘stlarimiz Eldar Asanov, Muslim Mirzajonov, Xurshid Daliev va Xalqbanki rahbariyati bo‘ldi. Ochig‘i aytish kerak, bankka yangi matbuot kotibi Gulnoza Alimova kelgani yangicha atmosfera olib kiribdi. Bu sezildi.
Uchrashuvda o‘zim tengqur va mendan yoshroq bankirlar qatnashdi. Kitob o‘qish, uni ommaga yoyish, muammolar va yechimlar, umuman kitob atrofida bo‘lgan barcha masalalarda miriqib suhbatlashdik. Men 1 soatlar o‘tirib sekin chiqib ketaman deb kelgandim, 3 soatlar vaqt o‘tganini bilmay qoldik.
Kitob o‘qish va o‘zgacha fikrlash bizning kelajagimiz. Mana shunaqa suhbatlar ko‘proq kerak bizga.