Xalq banki korrupsiyaga qarshi
Korrupsiya nafaqat iqtisodiyot rivojlanishiga, balki jamiyatda ishonch muhitining shakllanishiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurash bugun davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Xalq bankida ham bu borada faol islohotlar amalga oshirilib, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan:
✅ An’anaviy bank xizmatlari raqamlashtirilgach, fuqarolarning bankka murojaati kamaydi.
✅ O‘tgan yillarda bankning korrupsiyaga qarshi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standartining muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.