Xalq banki mijozi HUMO kartasining 30 millioninchi egasi bo'ldi!
15.10.2024212 Поделиться
🏦 Xalq banki Humo to'lov tizimida jami 35 ta bank orasida Humo bank kartalarini emissiya qilish bo'yicha birinchi o'rinda turadi.
💳 Ayni vaqtda Xalq bankining 6 mln. 100 mingdan ortiq Humo to'lov tizimida ishlovchi bank kartalari mijozlarimiz tomonidan foydalanib kelinmoqda. Shunday ekan, 30 millioninchi karta egasi aynan Xalq banki mijozi bo'lib chiqqani ajablanarli emas.
🔹 Xalq banki Buxoro viloyati Shofirkon bank xizmatlari markazi mijozi Nodirjon Samiyev HUMO bank kartasini rasmiylashtirgan 30 millioninchi foydalanuvchi bo'ldi va 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.