Xalq banki ogohlantiradi: .apk fayllardan ehtiyot bo'ling!
jtimoiy tarmoqlar orqali, hatto tanishlaringizdan yuborilgan har qanday .apk fayllarni yuklab olmang. Bu zararli dastur bo'lib, moliyaviy firibgarlikning keng tarqalgan usullaridan biri.
Birgina ehtiyotsizlik quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
❌ Telefoningiz nazorati firibgarlar qo'liga o'tadi
❌ Shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlaringiz o'g'irlanadi
❌ Firibgarlar bank ilovalaringizga kirib, pullaringizni o'zlashtiradi
❌ Sizning nomingizdan barcha kontaktlaringizga zararli .apk fayllar yuboriladi
E'tiborli bo'ling, hushyorlik – eng yaxshi himoya!🛡