Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Xalq banki O‘zbekistonda mikromoliyalashni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

calendar 24.09.2024eye1share Поделиться

📍 19-sentabr kuni Samarqand shahrida "Kichik biznesga chegarasiz madad, mohiyatga qaytish" mavzusida uchinchi Markaziy Osiyo mikromoliya sammiti-2024 o‘z ishini boshladi.

 

🔵 Ikki kunlik sammitda Markaziy Osiyo mikromoliya hamjamiyati – tadbirkorlar, moliyaviy tashkilotlar, mutaxassislar, regulyatorlar bilan bir qatorda Xalq banki vakillari ham ishtirok etmoqda. 

 

🤝 Bugun sammit doirasida Xalq banki hamda “Gojo&Company, Inc” Xalqaro investitsiya kompaniyasi  o‘rtasida O‘zbekistonda mikromoliyalashni rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

🔸 Hamkorlik doirasida aholiga, shuningdek, mikro va kichik biznes subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yangi va zamonaviy mikromoliya xizmatlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, aholidan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha O‘zbekiston bozorida  yangi yechimlar taklif qilinadi.