Xalq banki “Talaba Expo 2025” mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi
Poytaxtimizda o‘tkazilgan "Talaba Expo2025” mehnat yarmarkasida Xalq banki mutaxassislari yoshlar bilan ochiq muloqotlar olib bordi, ishga qabul qilish, amaliyot o‘tash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha imkoniyatlar bilan tanishtirdi.
Yarmarka doirasida:
✅ oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari uchun ish o‘rinlari
✅ talabalar uchun stajerlik dasturlari taklif etildi
Yoshlar bu imkoniyatlarga katta qiziqish bildirdi hamda bank faoliyati, ish sharoitlari va professional rivojlanish yo'llari haqida mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar oldi.
Mehnat yarmarkasi davomida Xalq bankida ishlash hamda stajirovka o‘tash istagini bildirgan yoshlardan 500ga yaqin arizalar qabul qilindi.