Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Xalq banki "UzCharmExpo2024" 16-xalqaro yarmarkasida

calendar 21.05.2024eye207share Поделиться

21-maydan Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va mo‘yna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi— “UzCharmExpo-2024 Leather Goods” charm, poyabzal, attorlik, qorako‘l, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 16-Xalqaro yarmarkasi ish boshladi.

 

 

 

Bugun ko'rgazmanining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov ishtirok etib, bank tomonidan charm sohasini rivojlantirish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan kreditlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 

“O‘zekspomarkaz” pavilionlarida tashkil etilgan ko‘rgazma yarmarkasida 300 ga yaqin mahalliy va 30 dan ortiq xorijiy davlatlar kompaniyalari o‘z mahsulot namunalari bilan qatnashmoqda.