Xalq banki “Yil brendi”da taqdirlandi ⭐️
18-19-may kunlari Markaziy Osiyoda eng katta biznes-forumlardan “Makon marketing forum 2024” bo'lib o'tdi. Xalq banki mazkur yirik forumning rasmiy hamkori bo'ldi🤝
Ikki kunlik forumda 50dan ortiq yetakchi brendlar o'z mahsuloti bilan ishtirok etdi. Forumning ilk kunida “Yil brendi” ko'rgazmasi tashkil etildi.
🏦 Unda Xalq banki “xazna” ilovasi bilan ishtirok etdi va “Yil brendi” tanlovida “2023-yilda O‘zbekistonda bank va ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirishda yetakchi inkluziv “xazna” ilovasi uchun” sovrini bilan taqdirlandi.
👌 “xazna” o'zida 40dan ortiq davlat va ijtimoiy xizmatlar, bank xizmatlarini jamlagan mobil ilova. Uning "xazna" Pro va pensionerlar uchun maxsus "xazna" Lite interfeysi mavjud bo'lib, ilova yordamida amaliyotlarni bankka kelmasdan smartfon orqali bir zumda hal qilish mumkin.