Xalq bankida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Bank faoliyatida xavfsizlik — mijoz ishonchini mustahkamlovchi eng muhim omillardan biri.
Joriy yilning sentabr oyida Xalq banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida xodimlarga:
🟢 axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik oqibatlari,
🟢 firibgarlik holatlarini oldini olish yo‘llari,
🟢 ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari haqida tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar internet tarmoqlarida uchrayotgan yangi turdagi kiberxavflar bilan tanishdilar. Ularning ishlash mexanizmlari amaliy misollar orqali tahlil qilindi.
Shuningdek, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash va noma’lum havolalardan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.