Xalq bankida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
Xalq bankida charm-poyabzal va mo’ynachilik sohalarida faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi
🔺 Unda O’zcharmsanoat uyushmasi, Bojxona qo’mitasi, Xalq banki mas’ullari hamda charm-poyabzal va mo’ynachilik sohasi tadbirkorlari ishtirok etdi.
🔹 Muloqotda eksport, bоjxona jarayonlari, shuningdek, moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha muhim masalalar muhokama qilindi.


Tadbirkorlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 14-martda tasdiqlangan “Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qo’shilgan qiymatga
ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-47-son Farmoni bilan 2025-yil 1-iyuldan teri mahsulotlarini eksport qilishdagi o’zgarishlar va 2025-yil
25-martda tasdiqlangan “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyat samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-57-son Farmon asosida mahalliy korxonalarga
berilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Xalq banki tomonidan charm-poyabzal va mo’ynachilik sohasidagi korxonalarga taqdim etilayotgan kredit va imtiyozlar haqida ham batafsil ma'lumot berildi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlar sohaga doir o’zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan to'g'ridan-to'g'ri javob oldi.