Xalq bankida xizmat sifatini oshirish bo‘yicha an’anaviy seminarlar o'tkazildi.
An'anaga muvofiq Xalq bankining mintaqaviy va bank xizmatlari markazlarida faoliyat yurituvchi Kichik va o‘rta biznes, Chakana biznes yo‘nalishlari mutaxassislari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejerlari, Universal kassa xodimlari hamda Resepshn xodimlari uchun “Kasbiy bilimlarni oshirish orqali xizmat sifatini yaxshilash” mavzusidagi seminarlarning navbatdagi bosqichi joriy yilning 11-12-iyul kunlari Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Unda Xodimlarni boshqarish, Chakana biznes, Kichik va o‘rta biznes, Kredit anderraytingi, Risk menejmenti departamentlari hamda Kredit administratsiyasi markazining tajribali mutaxassislari ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi va amaliy tavsiyalar hamda real misollar asosida tushuntirishlar berdi.
Ushbu tashabbus bank xizmatlari sifatini oshirish, xodimlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda mijozlar bilan samarali muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich davom ettirilishi rejalashtirilgan.
Xalq banki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish hamda xodimlar malakasini oshirish yo‘lidagi islohotlarini izchil davom ettirmoqda!