Xalq bankida yetakchi tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o'tkaziladi
Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash jamiyat iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ularning biznesga yangi g'oya, innovatsiya va yondashuvlarni olib kirishi bozorda xilma-xillik va raqobatbardoshlik muhiti oshishiga ko'maklashadi.
🗓 24-may kuni Xalq bankida hamkor tijorat banklar bilan birgalikda “Ayollar tadbikorligini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda:
🔵 Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha seminar-treninglar
🔵 Xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat va mavjud kreditlar, bank mahsulotlari to‘g‘risida taqdimotlar
🔵 O‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayollarning bilim va tajribalari bilan tanishish rejalashtirilgan.
🗣 Tadbirda Office Market, Dekos, MFaktor kabi muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi, taniqli tadbirkor, biznes-trener Hasan Mamasaidov mehmon sifatida ishtirok etib, biznesdagi uzoq yillik tajribalari bilan bo'lishadi.
⚡️ Ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkor xotin-qizlar (94)617-82-08 raqami orqali ro‘yxatdan o'tishlari mumkin.