Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8- noyabrdagi “Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–385-sonli Qaroriga asosan,
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” muassisligida “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etilgan.
Mazkur kompaniya tomonidan mas’ul tijorat banklariga zarur resurs mablag‘lari ajratilib, ular orqali ta’sischilari tarkibida ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yoki rahbarligida ayollar
bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga maqsadli kreditlar ajratilmoqda.
Jumladan:
• kamida 2 ta ish o‘rni yaratiladigan loyihaga — BHMning 1 000 barobarigacha;
• kamida 5 ta ish o‘rni yaratiladigan loyihaga — BHMning 4 000 barobarigacha kredit ajratiladi.
Xalq banki hamda “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamkorligida “Hamroh” dasturi doirasida amaliy tadbirlarni jadallashtirish maqsadida bankning
mintaqaviy markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishtirokida amaliy-uslubiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida “Hamroh” kredit mahsuloti bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayonlarini jadallashtirish, amaliy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda tizimli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.