Yetakchi uchun muhim bo‘lgan 5 mahorat darsi

O‘ziga bo‘lgan ishonch bu yetakchilikni rivojlantirishning asosiy ustunidir. O‘ziga bo‘lgan ishonch bo‘lmasdan turib, boshqaruvni qo‘lga olish bu qumdan uy qurishga o‘xshaydi. U yaxshi bo‘yoqlarga bo‘yalishi mumkin ammo, shamol uni qulatib yuborishi ham hech gap emas.
O‘ziga bo‘lgan ishonch bu liderlikning asosiy xususiyatidir. Rahbar o‘z ortidan xodimlarni yetaklashi kerak, shuningdek, o‘z mahoratiga shubha bilan qaraydigan rahbarga hech kim ergashmaydi. Shu bois xodimlar to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan rahbarga ergashishni xohlashadi.

Yetakchi har doim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun tez va to‘g‘ri qabul qilish qobiliyati asosiy xususiyat hisoblanadi. Ba'zi qarorlar shaxsiy hayotga ta'sir qilsa, ba'zilarining miqyosi keng bo‘lib, butun jamoaga ta'sir qiladi. Yaxshi rahbarlarning o‘rtacha rahbarlardan ajralib turadigan narsa bu ularning qanchalik tez, to‘g‘ri qaror qabul qila olishlaridir. Eng yaxshi rahbarlar qaror qilishdan qo‘rqmaydilar chunki ular nimani to‘g‘ri deb bilsa shuni qiladilar.

Boshqalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish mahorati ham juda muhim bo‘lib, bu qobiliyat egalari yaxshi notiq va yaxshi tinglovchi hamdirlar. Rahbarlar o‘z fikrlarini jamoada aniq bayon qila olishi kerak. Shuningdek ular jamoadan nimalar kutayotganini bilishi ham zarur. Rahbarlar jamoaning ehtiyojlarini va g‘oyalarini tinglashi va jamoa bilan quyuq hamkorlik qilishi muhimligini unutmang.

Jasorat – bu qo‘rquvni, xavf-xatarni yengib, sizning asosiy maqsadingizga erishishga yordam beradigan tuyg‘udir. Avvalo, rahbarlar muvaffaqiyatsizlikga bo‘lgan javobgarlikni o‘z zimasiga olish uchun ham jasorat kerak bo‘ladi. Shuningdek, rahbarlar muvaffaqiyatsizlik uchun qattiq tanqid qilinishi mumkin. Jasorat yetakchiga rahbarga ijobiy taassurot qoldirishga yordam beradi.

Kuchli axloqa ega bo‘lgan odamlar ikkita sababga ko‘ra muvaffaqiyatli yetakchilarga aylanishadi. Birinchidan, axloqli rahbarga ishonish osonroq. Shubxasiz, insonlarga to‘g‘ri so‘z o‘z so‘zida turadigan insonlar yoqadi. Insonlar o‘zlariga yoqmaydigan odamlarga ergashishmaydi. Ikkinchidan, rahbar inson o‘z odob ahloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakdir.