“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025”
Mahallalarda bank xizmatlari haqida aholiga ma'lumot yetkazish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish va bandligini ta’minlashda “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agentlar” faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Xalq banki va Markaziy bank hamkorligida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ushbu tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichi g'oliblarni taqdirlash bo'lib o'tdi.
Tanlovning dastlabki bosqichida Toshkent viloyatidagi 67 nafar yordamchi-agent qatnashdi. Shulardan 14 nafari Xalq banki agentlari bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholiga bank mahsulotlarini targ‘ib qilish va yangi mijozlarni jalb etishda yuqori natijalarni qayd etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 4 nafar Xalq banki yordamchi-agenti viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.