Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Yoshlarning kasbiy rivojlanishi yo‘lida uch tomonlama hamkorlik

calendar 17.09.2025eye141share Поделиться

16-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yoshlarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova hamda universitet rektori To‘lqin Teshabayev ishtirok etdi.

 

Uchrashuvning asosiy maqsadi — sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida band yoshlar uchun zamonaviy kasblar va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish tizimini yaratishdan iborat bo'ldi.

 

 

Tomonlar hamkorligida uch tomonlama memorandum loyihasi ishlab chiqildi. Uning doirasida dastlab robototexnika, tikuvchilik va kashtachilik yo‘nalishlarida o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 

 

Bu kurslar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, uchrashuvda memorandum shartlari, o‘quv dasturlari va mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.