Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Zomin tog‘lari bag‘ridagi iroda sinovi

calendar 17.06.2025eye198share Поделиться

Xalq banki sog‘lom jamiyat – sog‘lom hayot tarzidan boshlanishiga ishonadi. 

 

Shu bois bank o‘z faoliyatida sog‘lom va faol turmush tarzini doim qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, jamoaviy sport tadbirlari orqali xodimlar orasida jismoniy faollikni, irodani, olg'a intilishni targ‘ib qilish — bizning korporativ ijtimoiy mas'uliyatimizning muhim qismi.

 

Bankimiz "Samarqand Marathon" turkum yugurish musobaqalari doirasida o‘tkazilayotgan marafonlarning bosh hamkori sifatida xalqaro darajadagi sog‘lom hayot targ‘ibotiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu bank jamoasining sport va sog‘lom turmush tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashining isboti.

 

14–15-iyun kunlari “Zomin” milliy tabiat bog‘ida "Samarqand Marathoni" doirasida xalqaro “Zaamin Ultra” marafoni beshinchi bor o‘tkazildi. Tabiat qo‘ynidagi bu sport va madaniyat festivali  turli mamlakatlardan 3 500dan ortiq ishtirokchi hamda mehmonlarni bir joyga jamladi.

 

Professional va havaskor yuguruvchilar 2, 5, 10, 21 va 50 kilometrlik masofalarda o‘z kuch va sabrini sinovdan o‘tkazdi. Balans, nafas, kuch va iroda har bir qadamda sinovdan o‘tdi.

 

Xalq banki jamoasi marafonda faol qatnashib, sog‘lom hayot tarzi, jamoaviy birdamalikni namoyon etdi. Ular uchun har bir bosib o'tilgan masofa — bu o‘z ustida ishlash, jamoaviy g‘alabaga intilish demakdir.

 

Xalq banki nafaqat moliyaviy xizmatlarda, balki ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishga intiladi. Sport tadbirlaridagi ishtirok — bu biz uchun ichki qadriyat, sog‘lom kelajak sari o‘z hissamizni qo‘shishdir.