Xalq banki yuridik shaxslar uchun yangi depozit turlarini taklif qiladi. Aziz mijozlarimizga o‘z vaqtini ortiqcha sarflamasliklari uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqdamiz. «Prepaid interest» jamg‘arma depoziti qiyin damlarda sizning ishonchli yordamchingizga aylanadi. Depozit 3 oydan kam bo‘lmagan muddatga jalb qilinadi va minimal miqdori 10 million so‘mni tashkil etadi. Ushbu depozitning o‘ziga xos xususiyati shundaki, mijoz bankka mablag‘larni joylashtirgan vaqtning o‘zida depozit muddatining teng yarmigacha bo‘lgan muddat uchun foiz to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi.
Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan "Manfaatli" jamg‘arma depoziti o‘z xodimlarini hayotining barcha bosqichlarida qo‘llab- quvvatlab, ish qobiliyati va faoliyatini rag‘batlantirishni istagan, hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlash niyatida bo‘lganlar uchun.
"Manfaatli" jamg‘arma depozitiga joylashtirilgan mablag‘larning 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda ushbu yuridik shaxsning xodimlariga mikroqarz, iste'mol va avtokreditlar ajratiladi.
Depozit kamida bir yil muddatga, foizlarni har oy to‘lab berish sharti bilan kamida 10 milliondan ortiq summaga qo‘shimcha to‘ldirish imkoni bilan rasmiylashtiriladi. Xalq banki nafaqat siz uchun, balki hodimlaringiz bilan o‘rtangizdagi munosabatlarni yaxshilashga hizmat qilishga tayyor.
Xalq banki yuridik shaxslar uchun yangi depozit turlarini taklif qiladi. «Ta'lim» jamgʼarma depoziti bankka 12 (oʼn ikki) oydan kam boʼlmagan muddatga jalb qilinadi, depozitning eng kam miqdori 10 000 000 (oʼn million) soʼm qilib belgilanadi.
Oliy ta'lim muassasalarining bush pul mablagʼlari depozitga joylashtirilganda, ushbu joylashtirilgan depozit mablagʼlarining 50% (ellik) foizigacha miqdorini aynan shu oliy ta'lim muassasalarining talabalariga ta'lim krediti sifatida ajratilishi imkoniyatini beruvchi jamgʼarma depozit turi.
Подпишитесь, чтобы не пропустить новые услуги и акции. Мы обещаем не писать больше, чем раз в неделю.