Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

Omad lotto

«Omad lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «36 dan 5» o‘yini ishtirokchilari

DIQQATIGA!!!

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining

«Omad lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «36 dan 5» o‘yini ishtirokchilari

DIQQATIGA!!!

 

 

   

    O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankning lotereya o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishidagi faoliyatining tugatilishi munosabati bilan, joriy yil 24 dekabr kuni «Omad lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «36 dan 5» o‘yinining yakuniy 637-yutuqlar tiraji o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

    Bunda, lotereyalar faoliyatini tashkil etishga litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Omad lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «36 dan 5» o‘yinini o‘tkazish Shartlari»ga ko‘ra, so‘nggi yutuqlar tirajida yig‘ilgan yutuq fondi lotereya ishtirokchilari o‘rtasida to‘liq o‘ynatiladi.

 

Lotereyaning yakuniy 637-yutuqlar tirajida yutuq fondining kategoriyalari bo‘yicha taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    Yutuq fondining I–kategoriyasida o‘ynalishi e’lon qilingan «JACK POT» summasiga mazkur tirajda ishtirok etish uchun LBMT dasturiy ta’minotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘yin kombinatsiyalari bo‘yicha tushumlarning o‘yinni o‘tkazish Shartlari asosida yutuq fondining I–kategoriyasi uchun shakllangan mablag‘lar qo‘shiladi va yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha «JACK POT» yutug‘i sifatida o‘ynatiladi.

 

    Agarda, tirajda yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–kategoriyasida yig‘ilgan mablag‘ II–kategoriyadagi yutuq fondiga; agar tirajda I  va II–kategoriyalar bo‘yicha ham yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, u holda  yutuq fondining I va II–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ III–kategoriyadagi yutuq fondiga o‘tkaziladi va to‘liq o‘ynatiladi.

 

          Lotereyaning barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz.

                                                                                                  O‘yin tashkilotchisi.