Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

 

MA’LUMOT

 

I. Bank xizmatlari sifatini oshirish va avtomatlashtirish bo‘yicha.

 

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi:

 

1. Kredit ajratish jarayonida qaror qabul qilish bosqichlari, “skoring” tizimi, “kredit konveyeri” dasturi va “anderrayterlar” faoliyati qayta ko‘rib chiqildi. Mijozlar faoliyatini har tomonlama tahlil qilish maqsadida “skoring” tizimi 8 ta tashkilot bazasi bilan integratsiya qilindi.

Shu bilan birga, kreditlashga aloqador tarkibiy bo‘linmalar soni 5 tadan 2 taga, hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 3 bosqichdan 2 bosqichga tushirildi. Buning natijasida kreditlash jarayoni yanada tezlashishiga erishildi.

Shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda ijtimoiy dasturlar doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida barcha kredit hujjatlari “oilakredit.uz” onlayn platformasi orqali elektron tarzda shakllanishi va mijozning bankka tashrifisiz elektron klyuch orqali tasdiqlash joriy qilindi.

2022-yil davomida ushbu platforma orqali 173 034 ta loyiha asosida 3,8 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

2. Xalq banki va Rossiyaning Sberbanki o‘rtasida Sberbank kartalaridan Xalq banki kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma kelishuv imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida joriy yil fevral oyidanSberbank-onlayn” mobil ilovasi orqali Xalq banki kartalariga Rossiyaning istalgan hududidan
“24/7”-onlayn rejimida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu xizmatni yo‘lga qo‘yish orqali Xalq banki kartalaridan foydalanuvchi 5 mln nafardan ortiq aholiga xalqaro pul o‘tkazmalarini istalgan vaqtda, bankka tashrif buyurmasdan, ortiqcha hujjatlarsiz, ayniqsa, respublikaning olis va chekka hududlaridagi aholiga tuman markaziga kelmasdan mablag‘larni onlayn tarzda olish imkoniyati yaratildi.

Natijada, joriy yil davomida 2,mln nafarga yaqin fuqarolar tomonidan 2,65 trln so‘mdan ortiq (14,6 mlrd rubl) to‘lovlar amalga oshirildi.

 

3. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi:

a) pensiya mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha arizalarni Pensiya jamg‘armasiga bormasdan bank filialiga topshirish yo‘lga qo‘yildi.

b) fuqarolarga farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali suyunchi pulini olish tizimi joriy etildi.

Bunda, fuqaro FHDYo organlarida guvohnoma rasmiylashtirgan vaqtda o‘zini yoki turmush o‘rtog‘ini (ota-onasini) nomida bank kartasi bo‘lishi yetarli hisoblanadi.

Natijada, bugungi kunga qadar 212 162 nafar fuqaroga 126 mlrd so‘mdan ortiq nafaqa to‘lovlari onlayn tarzda bank kartalariga o‘tkazib berildi.

 

4. Kassa amaliyotlarini avtomatlashtirish yuzasidan kassada yuritiladigan barcha kitoblar, talabnomalar va kirim-chiqim amaliyotlarining elektron yuritilishi bo‘yicha alohida dasturiy ta’minot yaratilib, ishchi (real) bazada bankning barcha filiallarida joriy etildi.

 

5. Kadrlar siyosatida inson omili aralashuvi va qog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida mehnat ta’tili hisobini yuritish avtomatlashtirildi.

Shuningdek, kadrlar faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlarni onlayn yaratish va zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirish funksiyasi ishlab chiqildi va xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida tizimni 3 ta tilda (o‘zbek tili, rus va ingliz tillarda) boshqarish sozlamalari joriy etildi.

 

6. Bankning tarkibiy bo‘linmalarida mavjud axborotlarning yagona omborini yaratish uchun “Operatsion hodisalar ma’lumotlar bazasi” yaratildi.

 

7. Kredit portfeli tarkibidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish va undirishni samarali tashkil etish, kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish va qarz yukini ortib ketishiga barham berish hamda muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarni undirish maqsadida “CallCenter” aloqa markazi xodimlari uchun joriy yilning avgust oyidaSoft  Collection” tizimi ishga tushirildi.

Ma’lumot uchun: Qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun “IP-telefoniya” tizimi “PhonerLite” dasturiga integratsiya amalga oshirildi.

 

8. “Paynet” to‘lov tashkiloti hamkorligida “Paynet” shoxobchalari, infokioska va mobil ilova orqali istalgan bank kartasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi hamda
Cash to cardxizmati amaliyotga tadbiq etildi.

 

9. Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Call-Centeraloqa markazi texnik imkoniyatlari takomillashtirilib, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish uchun “XB HelpDesk” ichki elektron murojaatlar tizimi joriy etildi va “XB chat” axborot almashish tizimi (messendjer) yo‘lga qo‘yildi.

 

II. Davlat dasturlari doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha.

 

Xalq banki tomonidan joriy yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturi va hududlarni ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 295 388 ta loyihaga 9,1 trln so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Shu bilan birga, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 31 776 ta loyihaga 1 trln so‘mlik kredit ajratildi.

 

III. Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.

 

Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi, Ishchi guruhi va Xalq banki birgalikda hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra, jami 65 mingdan ortiq tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar aniqlandi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga kredit ajratish bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda reja-taqsimot ishlab chiqildi.

2022-yilda bank tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi 95 494 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga 1,8 trln so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.

 

IV. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-sonli Qarorida “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun, bank tomonidan 985 nafar hunarmandlarga 46 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.