
Chorvachilikni rivojlantirish
(Fransiya taraqqiyot agentligi)
Kredit maqsadi
Kredit va hujjatlarni rasmiylashtirish
Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik mahsulotini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash, shuningdek, qishloq xo'jalik texnologiyalari va suvni tejaydigan uskunalar sotib olish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi "Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida "Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-84-sonli Qarori hamda bankning Kreditlash tartibiga asosan amalga oshiriladi.

Chorvachilikni rivojlantirish uchun kreditning shartlari
1
Hududlar: Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlar 2
Kredit summasi:Birinchi kredit liniyasidan: bir qarzdorga maksimal 1 mln yevro (milliy valyuta so‘mdagi ekvivalenti);Ikkinchi kredit liniyasidan: bir qarzdorga maksimal 100 ming yevro (milliy valyuta so‘mdagi ekvivalenti).
3
Kredit foizi: Yillik 10 foiz foiz stavkada 4
Kredit valyutasi: Milliy valyuta - so'mda5
Bir martalik bank xizmati: Kredit summasining 0,5 foizi miqdorida6
Kreditning muddati: Aylanma mablag‘ga – 18 oygacha;Uzoq muddatliga – 05.04.2036-yilgacha;
Go‘sht yo‘nalishidagi (bo‘rdoqichilik) chorva mollari sotib olish loyihalari uchun 48 oygacha.
7
Kreditning imtiyozli davri: Aylanma mablag‘ga – 6 oygacha;Uzoq muddatliga – 36 oygacha;
Go‘sht yo‘nalishidagi (bo‘rdoqichilik) chorva mollari sotib olish loyihalari uchun 12 oygacha.
8
Moliyalashtirish manbasi: Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA)Qo'shimcha shartlar
1
Grant mablag'larini ajratish tartibi: Loyiha tòliq moliyalashtirilib, kredit mablag'i maqsadli ishlatilgan taqdirda loyiha umumiy qiymatining 40 foizigacha miqdorida Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan grant mablag'lari ajratiladi. Bunda korxona rahbari ayol kishi yoki 30 yoshgacha bòlishi lozim. (Kredit miqdori 100 ming yevro ekvivalentidan oshmagan loyihalar uchun)2
Kreditlarni so'ndirish: har yilning 5-aprel va 5-oktabrida amalga oshiriladi.3
"Fransiya taraqqiyot agentligining qarz mablag'larini qayta kreditlash to'g'risida"gi bitim talablari doirasida kredit mablag'lari ajratilishi lozim.