Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

Inkasso

Mijozlarning muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini
inkassoga qabul qilish 
 
Аyirboshlash punktlari tomonidan xorijiy davlatlarning muomalaga yaroqsiz banknotalari mijozlardan inkassoga emitent bankka jo‘natish uchun qabul qilinadi.
 
Shikastlanish belgilari
 
  • Bo‘laklarga ajratilgan yoki yopishtirilgan bo'lsa, dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa, yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa, qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa, banknotada kimyoviy reaktivlar taʼsiri bo‘lsa; 
  • Muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa; 
  • Banknotalar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlar to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa; 
  • Banknota geometrik o‘lchamining 3 mm. ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa; 
  • Banknota tasvirini (suratini, portretini shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa; 
  • O‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotalar.