logo

E’lon

calendar 03.04.2024eye2 396

Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘layotgan holat  yuzasidan shuni ma’lum qilamiz:

Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba’zi mijozlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan. 

Mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3%da kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, "bekor qilingan" pul mablag‘lari bank kartalarga qaytarilmoqda. 

‼️Eslatib o‘tamiz, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2021 yildagi PQ-5102-sonli qaroriga asosan, o‘zgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi.

Yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab aloqa markaziga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar soni keskin ortib, call-markaz bilan bog‘lanishda muammolar kuzatilmoqda. 

Aloqa markazi bilan onlayn tarzda @xbcallsupport murojaatlar markazi bilan bog‘lanishingiz mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizi ham 24/7 rejimda ishlamoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img67
23 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img125
19 Jun
img

Xalq banki jamoasi “ZAAMIN ULTRA 2026” musobaqasida faol ishtirok etdi

img158
15 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img227
12 Jun
img

Fitch Ratings Xalq banki reytingi bo‘yicha prognozni “Ijobiy”ga o‘zgartirdi

img78
09 Jun
img

Xalq banki xodimlari sport maydonlarida ham peshqadam

img63
08 Jun
Barcha yangiliklar