E'lon!
30-noyabr soat 00:00dan 2-dekabr soat 6:00gacha Soliq qo'mitasining ma'lumotlar bazasida texnik va profilaktika ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan "Munis" va onlayn to‘lov tizimlari orqali soliq uchun to‘lovlar, fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya fondiga to‘lovlar, korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish, elektron murojaatlar, quyoshli xonadon, deklaratsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘mita ma’lumotlar bazasiga qabul qilish va boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.





