logo

Maqsadlarga erishish rejasini tuzish

calendar 30.12.2020eye544

Maqsadlaringiz sanab o‘tishning o‘zi yetarli emas. Endi siz ularga erishish uchun reja tuzishingiz kerak:

1. Xarajatlarni hisobga olish va aktivlar va passivlarni (majburiyatlarni) inventarizatsiya qilish.

Ushbu qadamdan so‘ng, bir vaqtning o‘zida, siz oyiga qancha mablag‘ investitsiya kiritishingiz mumkinligini (yoki xohlashingizni) tushunasiz.

2. Jamg‘arish odatini shakillantirish

Jamg‘arish odatini shakillantiring. Oylik daromadingizdan 10% jamg‘arib borish uchun (moliyaviy savodxonlikning birinchi qoidasi) o‘zingizning bankingizda jamg‘arib boriladigan omonat hisobraqami yoki foizli debet kartasini oching. Agar sizda allaqachon shunday odat bo‘lsa, ajoyib! Keyingi bandga o‘ting.

3. “Havfsizlik yostig‘ini” shakillantirish.

“Havfsizlik yostig‘ini” maqsadga mablag‘ jamg‘arish bilan bir vaqtda yoki maqsadga mablag‘ jamg‘arishgacha shakillantirish mumkin.

Agar sizda kreditlar bo‘lsa ham xavfsizlik yostig‘i kerak-bu kutilmaganda moliyaviy ahvolingiz yomonlashsa, muddati o‘tgan to‘lovlar va peniyalarga yo‘l qo‘ymaydi.

4. Maqsadlarga va tanlangan investitsiya strategiyasiga qarab investitsiya portfelini bosqichma-bosqich shakillantirish.

Agar maqsad qisqa muddatli bo‘lsa, to‘ldirib boriladigan omonat-jamg‘arish uchun vosita bo‘ladi. Agar maqsad o‘rta muddatli yoki uzoq muddatli bo‘lsa, boshida to‘ldirib boriladigan omonatda jamg‘aramiz va pul to‘planar ekan, boshqa moliyaviy vositalardan foydalanishni boshlaymiz, ammo foydalanishdan oldin ularni sinchkovlik bilan o‘rganishimiz kerak.

Va esda saqlaymiz:                                  

Investitsiya qilishning oltin qoidalari

1. Vaqt-investorning eng yaxshi do‘sti

2. Faqat tushungan narsangizga sarmoya kiriting!

3. Barcha tuxumlaringizni bitta savatda saqlamang (valyutani diversifikatsiya qilishni unutmang)

4. Doimiy ravishda sarmoya kiriting

5. Strategiyaga sodiq qoling

 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar