Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
 

 

“XALQ SUG’URTA” Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sug'urta kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2011-yil 24-martdagi 25-sonli Qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo'yicha yuridik shaxs hisoblangan Davlat-tijorat Xalq banki taʼsischiligida 2011-yil 29-apreldagi 1-sonli umumiy yig'ilish qaroriga binoan tashkil etildi.

 

 

Kompaniya ishtirokchisi O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankidir.

 

 

2011-yilning 16-may kuni, yuridik shaxs sifatida Аdliya Vazirligida ro'yxatga olingan.

 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bergan litsenziyasiga muvofiq, umumiy sug'urta sohasida 17 ta klass asosida ixtiyoriy va majburiy sug'urtaning 50 dan ortiq turlari bo'yicha o'z faoliyatini amalga oshirmoqda.

 

Milliy sug‘urta bozorida qayta sug‘urtalash himoya portfеlining ancha samarali tizimiga hamda O‘zbеkiston bo‘ylab mintaqaviy tuzilmalarning kеng tarmoqlariga ega bo‘lgan “XALQ SUG'URTA” MCHJ SK juda boy sug‘urta faoliyati tarixiga hamda, xodimlarning yuqori darajali kasbiy mahoratiga tayanib, o‘tgan  yillar davomida erishgan yuqori darajadagi ishonchlilik va moliyaviy barqarorlikni ushlab qolgan holda, sug‘urta faoliyati ko‘lamlarini muntazam ravishda kеngaytirib borishga muvaffaq bo‘lmoqda. 

 

Bizning mijozlarimiz qatoriga davlat kompaniyalari, xususiy kompaniyalar, elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy va qo'shma korxonalar, jismoniy shaxslar kiradi.

 

 

 

Bizning erishgan yutuqlarimiz yildan yilga soni ortib borayotgan mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchi natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, yuqori sifatli sug‘urta xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha kafolatni hamda yangi-yangi yo‘nalishlar rivojini ta’minlab bеradi.

 

"XALQ SUG'URTA" MCHJ SKning asosiy maqsadi mijozlarning talab va istaklariga etibor hamda, professional yuqori sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etishdir. Barcha mavjud mijozlarimiz bilan samarali hamkorlik qilishimiz va integratsiyalashgan yondashuv, yuqori moslashuvchanlik va kelajakda turli xil sug'urta mahsulotlariga ega bo'lib, bo'lajak mijozlarimizning etiborini yanada  jalb qilish biz uchun muhimdir.

 

“XALQ SUG'URTA”  MCHJ SKning rasmiy sayti: xalqsugurta.uz

 

 

Mamasoliyev Sobir Kurdashevich

Bosh direktor

Telefon raqami: +99871 202-19-66

Ish kunlari: dushanbadan- jumagacha

Ish vaqti: soat 09:00 dan 18:00gacha

Elektron pochta: info@xalqsugurta.uz

 

 

Yuridik manzil: 100070, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 9-uy

Elektron pochta: info@xalqsugurta.uz

Telefon: +99871 202-19-66, +99871 202-82-02

Faks: +99871 256-28-57

 

 

“XALQ LIZING” Masʼuliyati cheklangan jamiyati

 

“XALQ LIZING” Masʼuliyati cheklangan jamiyati Mamlakatimizda lizing operatsiyalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy lizing xizmatlarini tashkil etish hamda mijozlarning lizingga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 28-sentabrdagi 17-sonli Qaroriga asosan, Xalq banki taʼsischiligida 2023-yil 24-oktabrdagi 1-sonli Yagona muassis qaroriga binoan tashkil etilgan.

“Xalq lizing” MCHJ 2023-yil 25-oktabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bosh direktor - Abdullayev Abdurasul Ne’matovich. 

Manzili - O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy.