- Moliyaviy ko’rsatkichlar
- Korporativ boshqaruv
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijoratXalq banki aksiyadorlari diqqatiga!
BILDIRISHNOMA
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 29-oktabrdagi 22-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 700 000 000 000,0 (yetti yuz milliard) so‘mlik nominal qiymati 1 000,0 (bir ming) so‘m bo‘lgan 700 000 000 (yetti yuz million) dona “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror”i 2025-yil 27-yanvarda P0824-18-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 29-oktabr holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestrida mavjud aksiyadorlar bank ustav kapitalidagi o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalarning ulushiga mutanosib ravishda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega.
Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati – mazkur bildirishnoma e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 (o‘n) kun.
Aksiyalarni joylashtirish narxi – 1 000 (bir ming) so‘m.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining nomi va joylashgan eri, o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli.
Aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Bankning pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46.
Elektron pochta manzili: info@xb.uz
Ma’lumot uchun telefon: (+998 78) 120-17-86.
27.01.2025-yil.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aksiyadorlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2024-yil 27-sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
1) Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
2) “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash;
3) “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash;
4) “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Boshqaruvi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash;
5) “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil
30-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 23-sentabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
BILDIRISHNOMA
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 30-iyuldagi 16-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 1 837 000 000 000,0 (bir trillion sakkiz yuz o‘ttiz yetti milliard) so‘mlik nominal qiymati 1 000,0 (bir ming) so‘m bo‘lgan 1 837 000 000 (bir milliard sakkiz yuz o‘ttiz yetti million) dona “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror”i 2024-yil 26-avgustda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 30-iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestrida mavjud aksiyadorlar bank ustav kapitalidagi o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalarning ulushiga mutanosib ravishda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega.
Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati – mazkur bildirishnoma e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 (o‘n) kun.
Aksiyalarni joylashtirish narxi – 1 000 (bir ming) so‘m.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining nomi va joylashgan eri, o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli.
Aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Bankning pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46.
Elektron pochta manzili: info@xb.uz
Ma’lumot uchun telefon: (+998 78) 120-17-86.
26.08.2024-yil.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sizga, 2024-yil 28-iyun kuni soat 09:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tаrtibi:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishning reglamenti va Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvning yillik hisoboti hamda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.
3. Tashqi auditorlik tashkilotining 2023-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish, shuningdek, bankning yillik va moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash.
4. Bankning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
5. Bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
6. Bankning 2023-yil faoliyati yakuni bo‘yicha foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash.
7. Bank Boshqaruvi raisini saylash (tayinlash).
8. Bankning 2024-yil uchun Samaradorlikni baholash ko‘rsatkichi (KPI)ni va yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni qo‘llash tartibi”ni tasdiqlash.
9. Bankning 2023-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
10. Bankda 2024-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
11. “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar”ni tasdiqlash.
12. “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligi uchun tanlov o‘tkazish va nomzodlarni tanlab olish to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 4-iyun.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 24-iyun.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 90-374-04-71.
Bank Kuzatuv kengashi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2024-yil 8-aprel kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
““Bankda 2023-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qaror”ga o‘zgartirish kiritish”.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi:
2024-yil 15-mart.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 2-aprel.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2024-yil 8-fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
“O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni” tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 16-yanvar.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 2-fevral.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 27.06.2023

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2023-yil 27-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank Aksiyadorlarining yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
1. Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvining yillik hisoboti hamda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
2. Bankning 2022-yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditor yillik hisobotini eshitish va bankning 2022-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash;
3. Kuzatuv kengashi tomonidan taklif etilayotgan Xalq bankining strategik maqsadlari va ularga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
4. Bank ustav kapitali miqdoriga o‘zgartirish kiritishni ko‘rib chiqish;
5. Bankning 2022-yil faoliyati yakuni bo‘yicha foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash;
6. Bankning 2022-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
7. Kuzatuv kengashi va uning tarkibidagi qo‘mitalar Raisi va aʼzolari faoliyatini baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
8. Bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini 3 yil muddatga saylash;
9. Bank Boshqaruvi raisi va Boshqaruv a’zolari lavozimlariga nomzodlarni mehnat shartnomasining har yili uzaytirilishini inobatga olgan holda 3 yil muddatga saylash (tayinlash);
10. Bankda 2023-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
11. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
12. Xalq banki Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash;
13. Bankning eʼlon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash;
14. Bankning yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Аksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi to‘g‘risida”gi Nizomlarini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 31-may.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 21-iyun.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 19.04.2023

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2023-yil 19-aprel kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2023-2025 yillar uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash;
2. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
3. Bankning 2023-yil uchun Samaradorlikni baholash ko‘rsatkichi (KPI)ni tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 23-mart.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 13-aprel.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 20.09.2022

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi, 2022-yil 14-oktabr kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- Bankning 2021-yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining yillik hisobotini eshitish va yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash;
- 2021-yil faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xatini va 2021 moliyaviy yil zararlarni vujudga kelish sabablari hamda bankni sog‘lomlashtirish va yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan choralarni ko‘rib chiqish;
- Xalq bankining Taftish komissiyasi faoliyatini tugatilishini tasdiqlash va “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomni bekor qilish;
- Bankning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash;
- “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan 1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan 1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni tasdiqlash;
- Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida Ichki nazorat to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash;
- Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)ni qo‘llash tartibi”ni tasdiqlash;
- Xalq bankining 2022-yil faoliyati bo‘yicha o‘rnatilgan samaradorlikni baholash ko‘rsatkichi (KPI)lariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash;
- Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash
- “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi va uning tarkibidagi qo‘mitalar Raisi va a’zolari faoliyatini baholash tartibi”ni tasdiqlash;
- Bank Boshqaruviga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
- Bankda 2022-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- Bankning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- Bankning “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning matni”ni tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil
20-sentabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 10-oktabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 06.06.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI АKSIYADORLIK TIJORАT XАLQ BАNKI АKSIYADORLАRI DIQQАTIGА!
O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi 2022-yil 15-iyul kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TАRTIBI:
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Bankning 2021-yil yakunlari bo‘yicha prudensial normativlarning bajarilishini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: bank Kuzatuv kengashi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil
22-iyun.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 11-iyul.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha maʼlumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 15.07.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
06.06.2022
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kengashi 2022 yil
29 iyun soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida habar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvining yillik hisoboti hamda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
- Bank Taftish komissiyasining yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish;
- Bankning 2021 yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining hisobotini eshitish va yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash masalasini bank aksiyadorlarining kelgusidagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish;
- Bankning yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalk bankining Kengashi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Boshqaruvi to‘g‘risida”gi Nizomlarini tasdiqlash;
- “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi va uning tarkibidagi qo‘mitalar Raisi va a’zolari faoliyatini baholash tartibi”ni tasdiqlash masalasini bank aksiyadorlarining kelgusidagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish;
- Bankning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- Bankning korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
- Bankning Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Bankning Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
- Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga faoliyatilari davomida o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun to‘lanadigan mukofot va kompensatsiya miqdorini tasdiqlash;
- Bank Boshqaruviga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
- Bank foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash to‘g‘risidagi qaror va bank aksiyalariga dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qarorni bank aksiyadorlarining kelgusidagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish;
- Bankning rivojlanish strategiyasini tasdiqlash masalasini bank aksiyadorlarining kelgusidagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish;
- Bankda 2022 yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish masalasini bank aksiyadorlarining kelgusidagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish;
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kengashi.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022 yil 31 may.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022 yil 23 iyun.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 06.04.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI АKSIYADORLIK TIJORАT XАLQ BАNKI АKSIYADORLАRI DIQQАTIGА!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi 2022-yil 6-aprel kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TАRTIBI:
1. Kuzatuv kengashiga taklif etilayotgan nomzodlarni saylash;
2. Taftish komissiyasiga taklif etilayotgan nomzodlarni saylash;
3. Xalq banki uchun o‘rnatilgan samaradorlikni baholash ko‘rsatkichi (KPI)ni tasdiqlash.
4. Bankda 2021-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qarorga o‘zgartirish kiritish.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: bank Kuzatuv kengashi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil
15-mart.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 31-mart.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha maʼlumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun telefon: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi 30.06.2021

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi
2021 yil 30 iyun kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini hamda 2016-2020 yillar uchun tasdiqlangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishi bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
- Bank Taftish komissiyasining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish;
- Bank korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
- Bankning 2021 yil uchun Biznes-rejasini tasdiqlash;
- Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Bankning Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- Bank Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasi muddatini uzaytirish;
- Kuzatuv kengashining umumiy va har bir a’zosining 2020-2021 korporativ yildagi faoliyati bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
- Pandemiya sharoitida bank tomonidan amalga oshirilgan ishlar jumladan, kreditlar uchun yaratilgan qo‘shimcha zaxiralar va ba’zi muddatlari uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2021 yil 30 iyun.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2021 yil 24 iyun.
Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, bankning Bosh ofisi. Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefonlar: 78-120-17-87.
Bank Kuzatuv kengashi