logo

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

calendar 07.04.2026eye1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-sonli Farmoni bilan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

 

Xususan, 2026-yilning I choragi davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Xalq bankiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi jami 141 ta topshiriq yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ijrosi bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirildi.

 

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bankning kengaytirilgan yig‘ilishlarida doimiy muhokama qilinib, rahbar va mas’ul xodimlariga muntazam amaliy ko‘rsatmalar berilgan holda, ularning ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi tizimli tashkil etildi.

Hozirda, Bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qulaylik yaratish maqsadida Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

 

1. 2026-yilning o‘tgan davri yakuni bilan erishilgan asosiy natijalar.

 

2026-yil fevral oyida bank kredit reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB/B” – “Barqaror” va “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Ba/3” – “Ijobiy” darajasida baholandi.

 

2026-yil 1-mart holatiga: bankning jami aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln so‘mga oshib, 53,9 trln so‘mni;

 

Shundan, daromad keltiruvchi aktivlar 47,5 trln so‘m (88,2 foiz)ni va daromad keltirmaydigan aktivlar 6,4 trln so‘m (11,8 foiz)ni tashkil etdi.

 

kredit portfeli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 trln so‘mga ortib,34,6 trln so‘mni;

 

Shundan, uzoq muddatli kreditlar 96,5 % (33,4 trln so‘m)ni va qisqa muddatli kreditlar 3,5 % (1,2 trln so‘m)ni;

 

yuridik shaxslar 31,2 % (10,8 trln so‘m)ni va jismoniy shaxslar 68,8 % (23,8 trln so‘m)ni;

 

imtiyozli kreditlar 18,5 % (6,4 trln so‘m)ni va tijorat kreditlar 81,5 % (22,2 trln so‘m)ni;

 

milliy valyutadagi kreditlar 86,3 % (29,8 trln so‘m)ni va xorijiy valyutadagi kreditlar 13,7 % (4,7 trln so‘m)ni tashkil etadi;

 

jalb qilingan depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 trln so‘mga oshib, 28,2 trln so‘mni;

 

Shundan, jalb qilingan omonatlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 trln so‘mga ortib, 6,6 trln so‘mni;

 

aktivlar rentabelligi (ROA) 2,3 foizni, kapital rentabelligi (ROE) 11,1 foizni, samaradorlik koeffitsiyenti (CIR) 23,4 foizni, kapital monandligi 22,5 foizni, likvidlikni qoplash me’yori koeffitsiyenti 718,4 foizni, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyenti 151,1 foizni tashkil etgan.

 

2. Xalq banki tomonidan 2026-yilda jami 56 777 nafar mijozning 2,5 trln so‘mlik loyihalari moliyalashtirildi.

 

Jumladan: sanoat sohasida 4 196 nafar mijozga 131 mlrd so‘mlik; qishloq xo‘jaligi sohasida 17 642 nafar mijozga 459 mlrd so‘mlik; xizmat ko‘rsatish sohasida 5 404 nafar mijozga 868 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash uchun 29 535 nafar mijozga 1 076 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

2026-yilda 114 nafar mijozning 298,7 mlrd so‘mlik kreditlarning shartlarini qayta ko‘rish yuzasidan murojaatlar qabul qilindi va 91 nafar mijozning 147,6 mlrd so‘mlik krediti shartlari qayta ko‘rib chiqildi.

 

3. Xalq banki tomonidan 2026-yilda “Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida 3,2 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan.

 

Bugungi kunda, dasturlar doirasida 21 809 ta mijozga 332,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.

 

Jumladan: “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 16 680 ta loyihaga 258,1 mlrd so‘m; 2. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan 4 853 ta loyihaga 69,8 mlrd so‘m; “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” hisobidan 276 ta loyihaga 4,9 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

4. Bank tomonidan 2026-yilda umumiy qiymati 1 trln so‘mlik, shundan, 810 mlrd so‘mlik bank kredit mablag‘lari hisobidan chorvachilik loyihalarini amalga oshirish belgilangan.

 

Bugungi kunda, 310,8 mlrd so‘m kreditlar ajratildi.

 

Bugungi kunda, jami 271 mlrd so‘mlik 88 ta loyiha shakllantirilib, ularni moliyalashtirishda kredit hujjatlarini tayyorlash yuzasidan mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra tijorat banklari va tashabbuskor mablag‘lari hisobiga chetdan jami 59,3 ming bosh chorva mollari olib kelindi.

 

5. Xalq banki tomonidan charm sanoati yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida bir qator yangi bank xizmat turlari joriy etildi.

 

Xususan, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ichki bozordan xom-ashyo sotib olish uchun qulay shartlarda bir yil muddatgacha bank kafolati taqdim etish;

 

charm sanoat sohasidagi barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 oy imtiyozli davr bilan uchun  yilgacha va uchun  yilgacha imtiyozli foizlarda yo‘lga qo‘yildi.

 

6. Yangi loyihalarni shakllantirish hamda ularni moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda bank bo‘yicha jami 200 mlrd so‘m kreditlar ajratish rejalashtirilgan.

 

Joriy yilda bank tomonidan loyihaga so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

 

7. 2026-yilda xalqaro moliya institutlaridan jami 500 mln dollarlik (160 foiz ko‘proq) mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.

 

Ushbu mablag‘larni jalb qilish maqsadida bir qator xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

Xalq banki tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida 41 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar jalb etildi.

 

8. Bank tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan 1,7 trln so‘mlik 274 ta hududiy investitsion loyihalar shakllantirilgan.

 

Shundan, 244 ta loyihaga 632 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.

 

9. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan 207 ta yig‘ilish bayonlaridagi jami 3 651 ta topshiriq nazoratga olindi.

 

Bugungi kunda, 3 379 ta topshiriqning ijrosi ta’minlandi va 272 tasining ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

 

10. Xalq banki tomonidan 2026-yil davomida 29 677 nafar mijozga 1,1 trln so‘mlik chakana kreditlar ajratildi.

 

Jumladan: 18 608 nafar mijozga 166,8 mlrd so‘mlik onlayn mikroqarz; 4 915 nafar mijozga 87,4 mlrd so‘mlik “Biznesga ko‘mak”; 2 788 nafar mijozga 776,6 mlrd so‘mlik ipoteka; 2 202 nafar mijozga 28,7 mlrd so‘mlik ta’lim; 161 nafar mijozga 2,9 mlrd so‘mlik “Green”; 929 nafar mijozga 5,6 mlrd so‘mlik nasiya; 66 nafar mijozga 7,1 mlrd so‘mlik avtokredit; 2 nafar mijozga 18,5 mln so‘mlik sirtqi ta’lim kreditlari ajratildi.

 

Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki

 Ijro nazorati departamenti

Boshqa yangiliklar

img

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

img1
07 Apr
img

Dam olish kunlari ham Xalq banki xizmatlaridan foydalaning

img711
03 Apr
img

Jismoniy shaxslar uchun omonat shartlari o‘zgardi

img59
01 Apr
img

Hamkorlikka taklif etamiz

img170
31 Mar
img

Jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlari tariflari o'zgarmoqda

img630
19 Mar
img

Bayram va dam olish kunlari ish tartibi

img1 046
17 Mar
Barcha yangiliklar