Xalq banki xalqaro reytingdagi yutug‘i uchun taqdirlandi
VIII Toshkent xalqaro reklama konferensiyasi — TAF!26’da Xalq banki Forbes’ning “World’s Top Performing Banks 2026” reytingiga kirib, O‘zbekiston bank sektorini jahon miqyosida namoyon etgani uchun e’tirof etilib, diplom hamda statuetka bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Nufuzli xalqaro biznes nashri Forbes ilk bor e’lon qilgan reyting 89 mamlakatdagi 500 ta bankni qamrab olgan edi.
Mazkur reytingdan O’zbekistondan Xalq banki joy oldi.





