O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni bilan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, 2026-yilning 3-choragi davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Xalq bankiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi jami 107 ta topshiriq yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ijrosi bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bankning kengaytirilgan yig‘ilishlarida doimiy muhokama qilinib, rahbar va mas’ul xodimlariga muntazam amaliy ko‘rsatmalar berilgan holda, ularning ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi tizimli tashkil etib kelinmoqda.
Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
1. Xorijiy va milliy reyting natijalari
2026-yil iyun oyida bank kredit reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB/B” – “Barqaror” va fevral oyida “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Ba/2” – “Ijobiy” darajasida baholandi.
2. Bankning infrastrukturasi bo‘yicha
Bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qulaylik yaratish maqsadida
3. Asosiy ko‘rsatkichlar
2026-yil 1-sentabr holatiga:
- bankning jami aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 trln so‘mga oshib, 59 trln so‘mni;
- kredit portfeli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 trln so‘mga ortib, 37,6 trln so‘mni;
- jalb qilingan depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 trln so‘mga oshib, 31,5 trln so‘mni;
- jami kapital o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln so‘mga ko‘payib, 11,4 trln so‘mni;
- aktivlar rentabelligi (ROA) 2,2 foizni;
- kapital rentabelligi (ROE) 10,9 foizni;
- samaradorlik koeffitsenti (CIR) 29,7 foizni;
- kapital monandligi 21,9 foizni;
- likvidlikni qoplash me’yori koeffitsienti 793,9 foizni;
- sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti 139 foizni tashkil etdi.
4. “Soft collection” bo‘yicha
“Soft collection” boshqarmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan 360 ta telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib, kredit qarzdorliklarni undirib kelmoqda.
Shuningdek, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
2026-yilda jami 4,2 mln ta qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. Natijada, 6,7 ming nafar mijozdan 418,5 mlrd so‘mlik kreditlar undirildi. Talabnoma, pochta (gibrid) orqali xabarnoma (xat) yuborish tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, jami 133 ming ta mijozga muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘yicha xat yuborildi.
5. Kredit faoliyati bo‘yicha
Xalq banki tomonidan 2026-yilda jami 263,3 ming nafar mijozning 11,3 trln so‘mlik loyihalari moliyalashtirildi. Jumladan:
- sanoat sohasida 24,4 ming nafar mijozga 757 mlrd so‘m;
- qishloq xo‘jaligi sohasida 89 ming nafar mijozga 2,6 trln so‘m;
- xizmat ko‘rsatish sohasida 26 ming nafar mijozga 3,4 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash uchun 123,7 ming nafar mijozga 4,5 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.
Xalq banki tomonidan 2026-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida 3,2 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda, dasturlar doirasida 115,5 ming ta mijozga 2,2 trln so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Jumladan:
“Har bir oila – tadbirkor” dastur doirasida 110 ming ta loyihaga 2,1 trln so‘m;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan 4,9 ming ta loyihaga 70,1 mlrd so‘m;
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” hisobidan 981 ta loyihaga 20,3 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.
Xalq banki tomonidan chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun, joriy yilda 1,8 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.
Xalq banki tomonidan charm sanoati yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida bir qator yangi bank xizmat turlari joriy etildi. Xususan,
- charm sanoat sohasidagi barcha toifadagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 oy imtiyozli davr bilan aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 3 yilgacha va boshqa maqsadlar uchun 5 yilgacha imtiyozli foizlarda kredit ajratish;
- poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash maqsadida ichki bozordan xom-ashyo sotib olish uchun qulay shartlarda bir yil muddatgacha bank kafolati taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Yangi loyihalarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda 200 mlrd so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda, 2,7 ming ta loyihaga 121,3 mlrd so‘m kredit ajratildi. 2026-yilda xalqaro moliya institutlaridan jami 500 mln dollarlik mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.
Ushbu mablag‘larni jalb qilish maqsadida bir qator xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Xalq banki tomonidan joriy yilning yanvar - avgust oylarida 244,7 mln doll. ekvivalentidagi mablag‘lar jalb etildi.
Bank tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan 1,7 trln so‘mlik 274 ta hududiy investitsion loyihalar shakllantirildi va 254 ta loyihaga 634 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.
Xalq banki tomonidan hukumatimizning tegishli hujjatlari bilan aholiga ipoteka kreditlari ajratilib kelinmoqda.
Joriy yilda bank tomonidan 10,3 ming nafar fuqaroga jami 2,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.





