Xalq banki mijozlarga Apple Pay xizmatini taqdim etadi
iPhone va Apple Watch orqali to'lovlarni amalga oshirishning yanada xavfsiz, ishonchli va maxfiy usuli.
TOSHKENT— 2026-yil 17-noyabr
Xalq banki o'z mijozlari uchun Apple Pay xizmatini ishga tushirdi. Apple Pay iPhone imkoniyatlaridan foydalangan holda har bir tranzaksiyani himoya qiladi. Bu xizmat orqali to‘lov kartasini boshqa kishiga topshirmasdan, to‘lov terminalidagi jismoniy tugmalarga tegmasdan yoki naqd pul ishlatmasdan to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun iPhone yoki Apple Watch’ni to‘lov terminaliga yaqinlashtirish kifoya. Apple Pay orqali qilingan har bir xarid Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, har bir to‘lov uchun bir martalik noyob dinamik xavfsizlik kodi qo‘llanadi. Apple Pay’dan oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, taksilar, restoranlar, qahvaxonalar, savdo do‘konlari va boshqa ko‘plab joylarda foydalanish mumkin.
Mijozlar iPhone, iPad va Mac qurilmalarida ilovalar orqali yoki Safari brauzerida internetdan xarid qilganda ham Apple Pay’dan foydalanishlari mumkin. Bunda alohida akkaunt yaratish yoki yetkazib berish va hisob-kitob ma’lumotlarini qayta-qayta kiritish talab etilmaydi. Apple Pay orqali taom va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, internetdan xarid qilish, transport hamda avtoturargoh xizmatlari uchun to‘lov qilish mumkin. Apple Watch’dagi ilovalarda ham Apple Pay orqali hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud.
Apple Pay’da xavfsizlik va maxfiylik asosiy o‘rinda turadi. Mijozlar o‘z debet kartasidan Apple Pay orqali foydalanganda, kartaning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Uning o‘rniga qurilmaga noyob Device Account Number — qurilma hisob raqami biriktiriladi. Bu raqam shifrlanadi va to‘lov ma’lumotlarini qurilmada xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan, sanoat standartlariga mos sertifikatlangan Secure Element chipida himoyalangan holda saqlanadi.
Apple Pay’ni sozlash oson. iPhone’da Wallet ilovasini oching, “+” tugmasini bosing va Xalq bankining kredit yoki debet kartalarini qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling. Kartani iPhone, Apple Watch, iPad yoki Mac qurilmasiga qo‘shganingizdan so‘ng, Apple Pay’dan shu qurilmada darhol foydalanishni boshlashingiz mumkin. Xalq banki kartalari orqali taqdim etiladigan barcha mukofot va imtiyozlar saqlanib qoladi.
Apple Pay haqida batafsil: http://www.apple.com/apple-pay/
Xalq banki haqida batafsil: https://xb.uz/apple-pay
Xalq banki O‘zbekistondagi eng qadimiy banklardan biri bo‘lib, uning tarixi 1875-yildan boshlanadi. Bank chakana mijozlar va kichik biznes vakillariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Mamlakatning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi qariyb 223 ta bank xizmatlari markazi hamda xazna mobil ilovasi orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.





