logo

Xalq banki va Asaxiy Books: kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil hamkorlik

calendar 16.10.2026eye1

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sifatli adabiyotlarni keng kitobxonlar ommasiga yetkazish va yosh avlodda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish – jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim shartlaridan.

 

Xalq bankining Asaxiy Books bilan ko‘p yillik hamkorligi ana shu maqsadlarga qaratilgan izchil tashabbuslardan biridir.


2023-yilda boshlangan hamkorlik doirasida kitob nashr etish va ularni kitobxonlarga yetkazish borasida salmoqli natijalarga erishildi.

 

Xalq bankining qo‘llab-quvvatlashi bilan ikki tomon o‘rtasidagi shartnomalar asosida 60 ta kitob nashr etildi. Ularning umumiy adadi 2 milliondan ortiq nusxadan oshdi.


Bu natijalar Xalq bankining nafaqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, balki jamiyat uchun muhim bo‘lgan ma’rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi.

 

Bankning hamkorlikdagi ishtiroki sifatli adabiyotlarni kengroq auditoriyaga yetkazish, kitobxonlik muhitini rivojlantirish va mutolaa madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Hamkorlikning ahamiyati nashrlar soni bilangina cheklanmaydi. O‘zbek tilidagi adabiyotlar tanlovini kengaytirish, yosh avlodning dunyoqarashini boyitish va bolalarda kitobga mehr uyg‘otish uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi ham ushbu tashabbusning muhim jihatlaridandir.


Xalq banki va Asaxiy Books o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining sifatli adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


Xalq banki jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini amaliy ishlar bilan namoyon etib kelmoqda. Zero, kitobxonlikka e’tibor – bilimli, keng dunyoqarashli va mustaqil fikrlaydigan yosh avlod kelajagiga qaratilgan e’tibordir.


Xalq banki –ma’rifat, bilim va kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ishonchli hamkor.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va Asaxiy Books: kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil hamkorlik

img1
16 Oct
img

Xalq banki xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

img5
16 Oct
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img10
16 Oct
img

Xalq bankining Ichki audit xizmati faoliyati dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi baholashdan o‘tdi

img4
16 Oct
img

Xalq banki xalqaro reytingdagi yutug‘i uchun taqdirlandi

img6
16 Oct
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img255
09 Oct
Barcha yangiliklar