Xalq bankining Ichki audit xizmati faoliyati dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi baholashdan o‘tdi
2026-yilning iyul–avgust oylarida Xalq bankining Ichki audit xizmati faoliyati dunyoning yetakchi "Katta to‘rtlik" (Big4) xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi baholashdan o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida bank ichki audit tizimining Global ichki audit standartlari (GIAS) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiqlik darajasi baholandi.
Mustaqil baholash natijalariga ko‘ra:
💬 Global ichki audit standartlariga (GIAS) muvofiqlik — 90%
💬 Markaziy bank talablariga muvofiqlik — 97%
Baholash yakunida ichki audit faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish maqsadida asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.





