logo

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Butunjahon jamg‘arish kuni” doirasida Xalq banki tomonidan onlayn omonatlar mavzusida o‘tkaziladigan onlayn-tanlovi

calendar 28.10.2021eye963

Pul jamg‘arishning qanday yo‘llarini bilasiz, mazkur tushuncha to‘g‘risida sizga nimalar maʼlum?

Xalq banki bu boradagi bilimingizni sinovdan o‘tkazish va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish uchun sizga  ajoyib imkoniyatni taqdim etadi!

“Butunjahon jamg‘arish kuni” doirasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Aqlli sarmoya” yutuqli onlayn tanlovida ishtirok eting.

 

Tanlov qoidalari: 

Testda 20 ta savol qo‘yilgan bo‘lib, har bir savolga 4 tadan javob varianti berilgan. Ulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob hisoblanadi;

Ishtirokchilar – tanlovda ixtiyoriy ishtirok etish xohishini bildirgan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

Xalq banki xodimlari ushbu tanlovda qatnashishi taqiqlanadi.

 

Tanlov shartlari:

Tanlov bankning www.xb.uz rasmiy saytida o‘tkaziladi;

Ishtirokchilar bankning www.xb.uz rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;

Test o‘tkazish muddati – 2021-yil 29-oktabr kuni soat 15:00 dan-16:00 gacha o‘tkaziladi;

Test savollarini yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

G‘oliblarni aniqlash tartibi:

Eng yuqori ball to‘plagan va test savollariga eng qisqa vaqtda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi;

1, 2, 3 - o‘rinlar eng ko‘p va eng tez vaqtda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar bo‘yicha saralanib aniqlanadi;

G‘oliblar to‘g‘risidagi maʼlumot bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali 2021-yil 29-oktabr kuni eʼlon qilinadi;

Bank tanlov shartini o‘zgartirish huquqiga ega va bu haqidagi maʼlumotni o‘zgartirilgan qoida kuchga kirishidan 3 (uch) bank ish kuni mobaynida bankning www.xb.uz veb-sayti orqali eʼlon qiladi.

Sovrinlar:

1-o‘rin – televizor (32  Smart)  va Xalq banki logotip aks etgan futbolka, kepka;

2-o‘rin – isitgich va Xalq banki logotipi aks etgan futbolka, kepka;

3-o‘rin – mini-pech va Xalq banki logotipi aks etgan futbolka, kepka.

 

Istirok eting va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

Tanlov reglamenti

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va Visa hamkorligida qimmatbaho sovrinli aksiya!

img2 507
07 Feb
img

Komissiyasiz pul o‘tkazing!

img1 156
01 Nov
img

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Butunjahon jamg‘arish kuni” doirasida Xalq banki tomonidan onlayn omonatlar mavzusida o‘tkaziladigan onlayn-tanlovi

img963
28 Oct
Barcha yangiliklar