Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

calendar 10.10.2025eye192share Поделиться

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi


    PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

 

Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan.

 

    Bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron
xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki Send me” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda – elektron dastur) orqali amalga oshiriladi.

 

Bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab


30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot berib boriladi;

 

- rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;

 

- belgilangan muddatlar doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.

 

    Ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib, Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.

 

Joriy yilning 1-sentabr holatigaIjro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga jami 253 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlangan.

 

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 162 taga yoki 2,8 barobarga ko‘paygan.

Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.

 

Shu munosabat bilan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,

 

joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun 27 ta yo‘nalish bo‘yicha eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;

 

- bank Boshqaruvi Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda haftada bir marotaba rais o‘rinbosarlari boshchiligida belgilangan reja ko‘rsatkichlarni bajarilishi ijro holati yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borilmoqda;

 

har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;

 

iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.

 

Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Xalq banki tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida jami salkam
10 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.

Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida


2,2 trln so‘mlik, hududiy investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha
346 mlrd so‘mlik, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Inklyuziv banking” dasturi doirasida “Moliyaviy ommabop” kredit mahsuloti bo‘yicha 849,3 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

 

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan umumiy qiymati salkam
170 mln doll. ekv.dagi mablag‘lar jalb etildi.

 

Xalq banki tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy, davlat va bank xizmatlarini raqamlashtirish maqsadida Raqamlashtirish guruhi tashkil etilib, ko‘plab yirik loyihalar amaliyotga joriy qilindi:

 

Bank faoliyatini raqamlashtirish doirasida “Xazna” mobil ilovasi amaliyotga joriy etildi va ushbu ilovada aholining barcha qatlamiga raqamlashtirilgan ijtimoiy va bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanishi uchun bir qator imkoniyatlar yaratildi:

 

- Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun “onlayn ko‘mak” krediti ishlab chiqildi va joriy yilda aholiga 129 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi;

 

- Oliy ta’lim vazirligining “Hemisbilling tizimi bilan integrasiya qilinishi natijasida, talabalarga ta’lim kreditini “onlayn” olish yo‘lga qo‘yildi hamda xususiy oliy-o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt pullarini ilova orqali to‘lash imkoniyati yaratildi;

 

- Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda “suyunchi puli” mablag‘larini olish imkoniyati yaratildi va joriy yilda fuqarolarga 99 mlrd so‘m “suyunchi puli” to‘lab berildi;

 

- Xalq banki va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “xalqaro imtihon xarajatlari qoplash” xizmati ishga tushirildi va joriy yilda yoshlarga 30,6 mlrd so‘m to‘lovlar to‘lab berildi.

 

Bugungi kunda, ushbu mobil ilovadan foydalanuvchilar soni 8 mln tani tashkil etadi.

 

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun “Xazna businessinternet va mobil banking ilovasi amaliyotga joriy etildi va ushbu mobil ilovadan ko‘plab tadbirkorlik subektlari foydalanib kelmoqda.

 

Bugungi kunda, bir qator bank xizmatlari raqamlashtirilgan holda, ushbu internet va mobil banking ilovasida yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan:

 

- Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan “Xazna” hamda “Xazna business” internet va mobil banking tizimlari integrasiya qilinib, foydalanuvchilar uchun 60 tadan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

 

- Adliya vazirligi bilan hamkorlikda internet va mobil banking tizimida “YaTTlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish”, yuridik shaxslar uchun “onlayn kredit olish” imkoniyati;

 

- yuridik shaxslar tomonidan “SVIFT”, “Konvertasiya” va “E-kontract” tizimlaridan foydalanish imkoniyati;

 

- bankning yuridik mijozlari uchun amaliyotlarni boshqarish, namunalarni yaratish, valyuta kursi, avtomobil ma’lumotlari, aylanma mablag‘larini hisoboti, budjet to‘lovlari, korporativ kartalar bilan amaliyotlar bo‘yicha 24/7-rejimida o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi.

 

Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.