Davlat xizmatchilari orasida jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida uchrashuv bo'lib o‘tdi
Xalq bankida Ichki xavfsizlik departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ichki ishlar akademiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida “Davlat xizmatchilari orasida jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida uchrashuv bo'lib o‘tdi.


Unda:
➡️ Huquqbuzarliklar profilaktikasi: davlat xizmatchilari orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish
➡️ Xizmat intizomi: bank tizimida ichki tartib va intizomni mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik
Uchrashuv yakunida soha mutaxassislari tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirish va xavfsizlik masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.





