logo

Andijonda sayyor qabul: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

calendar 15.09.2025eye126

12-sentabr kuni Andijonda Tadbirkor ayollar kengashining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

 

 

Qabul davomida 40dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilandi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 

Xalq banki vakillari tomonidan tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar, zamonaviy bank xizmatlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

 

Uchrashuvda nafaqat faol tadbirkorlar, balki biznes boshlash niyatidagi ayollar ham qatnashib, zarur maslahat va amaliy tavsiyalarga ega bo'ldi.

 

Sayyor qabullar davomida, shuningdek, imkoniyati cheklangan ayollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

 

Sayyor qabullar ayol tadbirkorlarning muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim mexanizm bo'lib xizmat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar

img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img71
15 May
img

E'lon

img89
12 May
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img411
08 May
img

Xalq banki va OTB: Strategik hamkorlikning yangi bosqichi va xalqaro bozorga chiqish rejalari

img87
06 May
img

Xalq banki va Mastercard moliya bozorida yangi texnologik bosqichni boshlamoqda

img49
06 May
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img484
01 May
Barcha yangiliklar