logo

Xalq banki va Mastercard moliya bozorida yangi texnologik bosqichni boshlamoqda

calendar 06.05.2026eye71

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida Xalq banki va dunyoning yetakchi to‘lov texnologiya kompaniyalaridan biri Mastercard o‘rtasida navbatdagi strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. 

 

Mazkur kelishuv O‘zbekiston moliya bozorida ikki muhim yo‘nalish: yangi turdagi bank kartalari va sun’iy intellektga asoslangan kreditlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

 

 "Xalq Card" yangi avlod flagman mahsuloti


Karta bozordagi mavjud takliflardan o‘zining mijozga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi. Loyiha doirasida xalqaro tajriba va mahalliy bozor dinamikasi chuqur tahlil qilinib, foydalanuvchilar uchun individual imtiyozlar va qulayliklar tizimi yaratiladi. Maqsad kartani shunchaki to‘lov vositasi emas, balki kundalik hayotning ajralmas va foydali qismiga aylantirish.

 

Sun’iy intellekt (AI) asosidagi kredit skoringi

 

Kredit olish jarayonini inson omilisiz, tezkor va aniq baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etiladi. 

Ushbu tizim:
✅ Kredit so‘rovlarini bir necha soniya ichida ko‘rib chiqish;
✅ Aniq ko'rsatkichlarga asoslangan (data-driven) tahlil orqali risklarni kamaytirish;
✅ Moliyaviy xizmatlarni aholining barcha qatlamlari uchun yanada ochiq va shaffof qilish imkonini beradi.

 

 

Mazkur kelishuv Xalq banki xizmatlariga yangi turdagi xalqaro moliya texnologiyalarini integratsiya qilish imkonini beradi. Bu esa mijozlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni soddalashtiradi va jarayonlar tezkorligini ta’minlaydi.

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img68
23 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img128
19 Jun
img

Xalq banki jamoasi “ZAAMIN ULTRA 2026” musobaqasida faol ishtirok etdi

img158
15 Jun
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img227
12 Jun
img

Fitch Ratings Xalq banki reytingi bo‘yicha prognozni “Ijobiy”ga o‘zgartirdi

img78
09 Jun
img

Xalq banki xodimlari sport maydonlarida ham peshqadam

img65
08 Jun
Barcha yangiliklar