E’tirof
Salohiyatli va fidoyi ayollar bankimizning faxri!
Xalq banki Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Rashidova Gulzoda Ataxanovna “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Xalq banki tizimida xotin-qizlarning kasbiy rivoji va yetakchilik salohiyatini qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda bank tizimida ko'plab ayollar turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritib, moliya sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova bank tizimidagi ko‘p yillik samarali faoliyati davomida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.


“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etayotgan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hamda iqtisodiy faolligini oshirishga hissa qo‘shayotgan ayollarni e’tirof etish maqsadida topshiriladi.





