⚠️ Diqqat! Firibgarlarning yangi hiylasi
So‘nggi paytlarda davlat tashkilotlari nomidan yuborilayotgan soxta elektron xatlar soni ortib bormoqda. Bundan asosiy maqsad – internet-banking tizimlariga kirish, korxona hisobidagi pullarni o‘g‘irlash va tashkilotning maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish.
Moliyaviy xavfsizligingiz uchun quyidagi muhim qoidalarga amal qiling:
➖ shubhali xatlardagi havola va ilovalarni ochmang
➖ ishonchsiz manbalardan kelgan xatlarga javob bermang
➖ antivirus dasturidan foydalaning va uni doimiy yangilab boring
➖ ERI yoki token bilan ishlagandan so‘ng ularni qurilmadan uzing
➖ login va parollarni brauzerda saqlamang
❗️ Soxta xatlarning asosiy belgilari:
🔹matnda imlo xatolari va turli tillarning aralashuvi
🔹shubhali saytlarga yo'naltiruvchi noma’lum havolalar
🔹.jar yoki boshqa zararli fayllarni yuklab olish taklifi
🔹xatdagi sanalarning mos kelmasligi
🔹ishlamaydigan yoki shubhali QR-kod
🔹xat aniq shaxsga yo‘llanmagani.
Agar xat sizda shubha uyg‘otsa – uni ochmang va darhol o‘chirib tashlang!
● Ogoh bo‘ling, moliyaviy xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!





