“Boshqaruv Raisi kubogi – 2026”: bu yilgi g'oliblar aniqlandi
Xalq banki xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Boshqaruv Raisi kubogi" an’anaviy futbol turniri bu yil ham yuqori ruh, keskin kurash va haqiqiy jamoaviy o‘yinlar bilan yodda qoldi.
Turnirda 35 ta jamoa maydonga tushib, o'zaro bellashdi. Murosasiz kechgan o'yinda har bir jamoa birdamlik va qat’iyatini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Soft collection boshqarmasi ishonchli o‘yin, puxta taktika bilan “Boshqaruv Raisi kubogi – 2026” turniri g‘olibiga aylandi.
Turnir so'ngida nafaqat jamoaviy natijalar, balki xodimlarning individual sport salohiyati ham munosib e’tirof etildi. Unga ko'ra:
• "Eng yaxshi darvozabon" Soft collection boshqarmasi xodimi Azimjon Abduvaliyev;
• "Musobaqa to‘purari" “xazna” raqamli bank xizmatlari markazi xodimi Lazizbek Maxamadjonov;
• "Eng yaxshi himoyachi" Avtomatlashtirilgan bank tizimini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimi Elmurod Mannopov;
• "Eng yaxshi hujumchi" Avtomatlashtirilgan bank tizimini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimi Sardorjon Safarov;
• "Eng yaxshi o‘yinchi" Soft collection boshqarmasi xodimi Farxod Tangirov;
• "Yil kashfiyoti" Risk menejment departamenti xodimi Komiljon Berdiqulov deb topildi.
G‘olib jamoa va nominatsiya egalari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlarining o‘tkazilishi xodimlarning ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlash hamda o‘zaro do‘stona va sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.





