logo

G'oyadan amaliyotgacha: ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi keng qamrovli platforma ishga tushdi

calendar 07.11.2025eye200

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy faollikning ortishida muhim omillardan.

 

Xalq bankining “Loyihalar fabrikasi” platformasi asosida keng qamrovli “Tadbirkor ayollar” platformasi ishga tushirildi.

 

Mazkur platforma ayollarni o‘z biznesini boshlash, rivojlantirish va samarali boshqarishda har tomonlama yordam beradi.

 

Unda o‘qish uchun onlayn ariza topshirish, mahsulot sotish, zarur xomashyo va resurslarni xarid qilish, mavjud ish o'rinlari

uchun xodimlar qidirish va ishga qabul qilish, muammo va takliflar uchun samarali yechimlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Bundan tashqari, platforma foydalanuvchilari "xazna" ilovasi orqali bank kreditlarini boshqarishi, moliyaviy hisobotlarni avtomatik

shakllantirish uchun konsalting xizmatlari, tayyor biznes-rejalardan foydalanishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, "Tadbirkor ayollar” 

platformasi ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbus.

 

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki "IV Tashkent Marketing Forum 2026"da taqdirlandi

img63
17 Feb
img

⚠️ Diqqat! Firibgarlarning yangi hiylasi

img147
10 Feb
img

Jamoaviylik va g‘alaba

img106
09 Feb
img

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi boshlandi

img67
05 Feb
img

Xalq banki va xazna jamoasi xalqaro maydonda

img112
02 Feb
img

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun tarif rejalari yangilanmoqda

img300
02 Feb
Barcha yangiliklar