Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Kredit olasizmi yoki yo‘q: skoring tizimi hal qiladi!

calendar 12.04.2022eye1 535share Поделиться

Baholash tizimi bu nima?

 

 

Skoring  — inglizcha "score" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu “ball”, “ko‘rsatkich” deb tarjima qilinadi. 1940-yilda uning dastlabki namunasi joriy etilgan.  Hozirgi kunda ushbu tizimdan mijozning to‘lov qobiliyatini aniqlash hamda baholash uchun foydalaniladi.  Tahlil jarayonida kredit tarixini, oylik daromadni ko‘rib chiqadi, qarz oluvchining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini hisobga oladi.

Ushbu tizimning samaradorligi

Skoring tizimi arizalarni ko‘rib chiqishda vaqt va mablag‘ni tejaydi, mijozlarning kredit portfelini tahlil qiladi va baho beradi. Mazkur tizim to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, u mijozning kredit olish jarayonidagi korrupsiya va tanish-bilishchilik singari illatlarga chek qo‘yadi.

Baholash tizimining afzalliklari

Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan mijoz katta miqdordagi kredit olishi mumkin.  Shu bilan birga, skoring tizimiga ta’sir qilishning iloji yo‘q, agar dastur "muvaffaqiyatsiz ball" chiqargan bo‘lsa, ariza avtomatik ravishda rad etiladi.  Anketani to‘ldirishda kichik xatolik ham tizim tomonidan arizani rad etishga olib kelishi mumkin.

Qanday qilib ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish mumkin?

  • Kreditlar to‘lovi bo‘yicha kechikishlarni zudlik bilan bartaraf etish. Bu sizning arizangizni tasdiqlash imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun oldingi barcha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi kerak.
  • Arizada aniq va to‘liq ma’lumotlarni taqdim eting. Ma’lumotlarning haqiqiyligiga shubhalar kredit berishni rad etishning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir, shuning uchun so‘rovnomada to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating.
  • Anketada siz bilan bog‘lanish uchun to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating. Bank xodimi barcha potensial kredit oluvchilar bilan telefon orqali bog‘lana olishi lozim. Mijozning yo‘q bo‘lib qolishi kreditni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin.