logo

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

calendar 08.01.2026eye235

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni bilan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, 2025-yil davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Xalq bankiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi jami
501 ta topshiriq yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ijrosi bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bankning kengaytirilgan yig‘ilishlarida doimiy muhokama qilinib, rahbar va mas’ul xodimlariga muntazam amaliy ko‘rsatmalar berilgan holda, ularning ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi tizimli tashkil etildi.

Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

I. 2025 yil 12 oy yakuni bilan erishilgan asosiy natijalar.

1. Bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 5,6 trln so‘mga oshib,
52,1 trln so‘mni, bankning jami kapitali 2,6 trln so‘mga ortib, 10,6 trln so‘mni, kredit portfeli 3,5 trln so‘mga ortib, 31,8 trln so‘mni va jalb qilingan depozitlar qoldig‘i 2,9 trln so‘mga oshib, 26,6 trln so‘mni tashkil etdi;

2. Bankning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida jismoniy shaxslardan salkam 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar omonatga jalb qilindi;

3. Tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jismoniy shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 14,3 trln so‘mlik kreditlar ajratildi;

4. Jismoniy shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida
5 trln so‘mlik (ipoteka 2,4 trln so‘m, ta’lim 530 mlrd so‘m, mikroqarz
2,1 trln so‘m va boshqa kreditlar 70 mlrd so‘m) kreditlar ajratildi;

5. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan umumiy qiymati
333,2 mln AQSh doll. ekv.da mablag‘lar jalb etildi va 330 mln AQSh doll. ekv.da mablag‘lar o‘zlashtirildi;

6. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” (PQ-312) dasturi bo‘yicha
11,3 ming nafar mijozga 1 348 mlrd so‘m, “Biznesga birinchi qadam” (PQ-7) dasturi doirasida 21,9 ming nafar o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga
548 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi;

7. “Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish dasturlari doirasida 162,8 ming nafar mijozga 2,7 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi;

8. “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturiga asosan 1,8 ming nafar xotin-qizlarga 192 mlrd so‘m kredit ajratildi;

9. Hududiy investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida jami
348 ta loyihaga 468,8 mlrd so‘mlik kredit ajratildi;

10. Chorvachilik sohasidagi loyihalarga 999,3 mlrd so‘m va charm-sanoat sohasidagi loyihalarga 301,5 mlrd so‘m kredit ajratildi;

11. Faktoring amaliyotini rivojlantirish uchun 183 ta tadbirkorga 144 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi;

12. Mikromoliya tashkilotlarining kredit portfelini garovga olgan holda kredit ajratish mexanizmi joriy qilinib, jami 35,8 mlrd so‘mlik kredit ajratildi;

13. Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” (Women Banking) loyihasi doirasida ayol tadbirkorlar uchun “Dilbar” krediti mahsuloti joriy qilinib, 24 nafar ayol tadbirkorga 3,1 mlrd so‘mlik kredit ajratildi;

14. “Inklyuziv banking” loyihasi doirasida “Moliyaviy ommabop” kredit mahsuloti bo‘yicha 2 456 mlrd so‘mlik kredit ajratildi;

15. Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun pudrat tashkilotlariga 216 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratildi;

16. Mahallabay ishlarni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida bankka biriktirilgan 1 855 ta mahallaga 606 ta “mahalla bankirlari” va
1 855 ta mahalla agentlari” jalb qilindi;

17. “Uychi” tajribasi doirasida rejaga asosan 6 908 ta uchrashuv o‘tkazilib, mijozlarning 24,8 mingta murojaatlari o‘rganildi va 29 mingta ishchi o‘rni yaratildi;

18. Aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash maqsadida jami
433,5 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi;

Ma’lumot uchun: 157 ming nafar aholi doimiy ishga joylashtirildi va 276,5 ming nafar aholi biznesga jalb qilindi.

19. “Sayxunobod” tajribasiga asosan salkam 83,2 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 170,9 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

20. Biriktirilgan mahallalarda kamida 10 tadan xonadonlarning o‘rtacha daromadini 60 – 70 mln so‘mga oshirish bo‘yicha (PQ-12-sonli Qarorga asosan) xonadonlarga 20,3 mingta loyiha paketlari yetkazib berildi;

21. “Qo‘shrabot-Agro Star” MChJ tashkil etilib, Qo‘shrabod tumanida mayizchilikka ixtisoslashgan mahallalarda 869 ga yangi tokzorlar barpo etildi va mayizchilikka ixtisoslashgan 521 ta aholi tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga 16,2 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

Intellektual mulk markazida “Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkichi va “Qo‘shrabot mayizi” tovar belgisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Evropa davlatlariga 1 mln dollarlik mayiz eksport qilindi.;

22. Bank tomonidan ehtimoliy yo‘qotishlarni oldini olish maqsadida 1 033 mlrd so‘mlik zaxira shakllantirildi;

23. “Call&action” dasturiy ta’minotida jami 166,4 mingta kredit hujjatlari joriy, maqsadli va garov monitoringlari o‘tkazildi;

24. “PaynetMChJ bilan hamkorlikda bank kassalari orqali oltin quymalarini sotish yo‘lga qo‘yilib, 65,4 mlrd so‘mlik oltin quymalari sotildi;

25. Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarga (MHXS) asosan tashqi auditorlik (Ernst & Young) xulosasi olindi;

26. Bank kredit reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB/B” – “Barqaror” darajasida baholandi;

27. Muammoli kreditlar portfelini avtomatik tarzda shakllantirish, ular bilan ishlash hamda undiruv bosqichlarini kuzatib borish tizimi raqamlashtirilib, CRM (Customer Relationship Management) platformasi ishlab chiqildi va ishga tushurildi;

28. “Xazna” mobil ilovasi orqali:

- Kredit axborot tahlili markazi (KATM) bilan birgalikda kredit tarixini olish, “SMS-xabarnoma” tizimiga ulash, “Freeze” xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: “SMS-xabarnoma” 51,7 ming ta, "Freeze" xizmati 6,5 ming ta holatda 86,6 mln so‘m, Kredit tarixi 226,9 ming ta holatda 839 mln so‘m o‘tkazmalar amalga oshirildi.

- “Asaxiy” va “Paynet” MChJlar bilan hamkorlikda “Xazna nasiya” muddatli to‘lov xizmati (rassrochka) yo‘lga qo‘yildi;

Ma’lumot uchun: “Asaxiy” 2,9 ming ta holatda 16,6 mlrd so‘m, Paynet 206 ta holatda 1,3 mlrd so‘m.

- “Munis” to‘lov tizimi bilan integrasiyani yo‘lga qo‘yish hisobiga
16 xil servislarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 968,8 ming ta holatda 415,9 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

- “Flex Soft” MChJ bilan integrasiya ishlari amalga oshirilib,
20 ta mikromoliya tashkilotlari kredit to‘lovlarini so‘ndirish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 56,3 ming ta holatda 79,8 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

- transchegaraviy pul o‘tkazmalarini yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istonning “Hermes garant group” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, birinchi boskichida Janubiy Koreyadan “Humo” va “Uzcard” bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 23,3 ming ta holatda 2,3 mln AQSh doll.lik o‘tkazma amalga oshirildi.

- Qirg‘izistonning “Elcard” miliiy to‘lov tizimi bilan birgalikda “Uzcard” bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

- “Xazna Pass”, “Xazna Pay”, “Tez QR” va “QR online” kabi “joyda” to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 68,5 ming ta holatda 77,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

- foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun “Telecom antifrod” tizimi yo‘lga qo‘yildi;

- “Yandex” platformasi bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, foydalanuvchilarga “promokod” orqali xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi;

- “Multicard Payment” MChJning “Rahmat” billing tizimi va
Xazna-e-commerce” (ecom.xazna.uz) billing tizimlari integrasiya qilinib, 100 tadan ortiq umumovqatlanish va yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 50,5 ming ta holatda 4,9 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

- Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Hemis” billing tizimi bilan integrasiya amalga oshirilib, xususiy oliy-o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt pullarini onlayn tartibda to‘lash imkoniyati yaratildi;

Ma’lumot uchun: 13,8 ming ta holatda 36,8 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

- xizmat sifatini yaxshilash va foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida “Xizmat sifatini baholash” xizmati yo‘lga qo‘yildi;

29. “Xazna business” internet va mobil banking tizimida:

- yuridik shaxslar tomonidan “SWIFT”, “Konvertatsiya” va “E-commerce” tizimlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi;

- Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “YaTTlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish”, “onlayn kredit olish”, “onlayn depozit” kabi imkoniyati yaratildi;

- tadbirkorlar Xalq bankidan ochilgan kartalarini to‘ldirish va tashkilot rahbari tomonidan tashkilot nomidan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar hamda biznesni boshqarish uchun har bir mas’ul xodimlarga alohida “rol” berish imkoniyati ishlab chiqildi;

30. Latviya davlatining “Tietoevry Banking” kompaniyasi bilan birgalikda bank kartalari tizimini yanada rivojlantirish maqsadida “Protsessing markazi” tashkil etildi;

31. “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, fayllar almashinuvi orqali “MFE” tizimi o‘rnatildi;

32. Xalqaro “FIME” kompaniyasidan maxsus xulosa olinib, trnazaksiyalarni shifrlovchi moslama xarid qilindi va o‘rnatildi;

33. “Key Management” bo‘yicha xavfsizlik kalitlari o‘rnatilib, bankning halqaro to‘lov tizimida “Principal” darajasiga ko‘tarildi;

34. “Mastercard” halqaro to‘lov tizimi “AML” tekshiruvidan ijobiy o‘tib, bankning iABS dasturiy tizimi hamda “Xazna” mobil ilovasi bilan to‘liq integrasiyalar o‘rnatildi;

35. Bankda sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish maqsadida “Xalq Bank AI Lab” laboratoriya markazi tashkil etildi.

Markaz tomonidan bankning “katta ma’lumotlar” bazasidan keng foydalangan holda “o‘zbek tili”da ishlovchi “LLM-modeli”, “STT” (Speech to text - nutqni matnga aylantirish) va “TS” (Text to speech - matndan tabiy nutq yasash) tizimlari ishlab chiqildi hamda amaliyotga tatbiq etildi;

36. Bank tomonidan 400 dona planshet qurilmalari xarid qilinib, fuqarolarning pensiyalari Face-ID (biometrik identifikasiyalash yoki elektron raqamli imzo) orqali naqd pulda to‘lash tizimi joriy etildi;

37. Hisob palatasining “Masofaviyaudit.uz” axborot tizimi bilan bankning axborot tizimlari o‘rtasida raqamlashtirilgan o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvini joriy etildi;

38. Ichki ishlar vazirligining “E-IIV Moliya” dasturiy tizimi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining dasturiy majmuasi JBPT tizimiga integrasiya qilindi, natijada xodimlar reestrini onlayn taqdim etish imkoniyati yaratildi;

39. Respublikamizdagi 7 ta davlat banklari sherikchiligida “United VenturesMChJ venchur jamg‘armasi tashkil qilindi va unda Xalq banki ulushi 77 mlrd so‘mni tashkil etadi;

40. Osiyo taraqqiyot banki bilan bank strategiyasini joriy qilishning II fazasi doirasida Gender sezgirligi treninglari tashkil etilib, Gender tengligi siyosati ishlab chiqildi;

41. Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligining reyting natijalariga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha 85 ball to‘plab, “yaxshi” toifaga kiritildi;

42. Davlat tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha 2024-yil yakunlari bo‘yicha
79,3 ball to‘plab “Ochiqlik indeksi” reytingi jadvalida “yaxshi” toifaga kiritildi;

43. Tashqi audit natijalariga ko‘ra, bankining korrupsiyaga qarshi menejment tizimi xalqaro standartlarga muvofiqligi yana bir bor tasdiqlandi.

Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki 
Ijro nazorati departamenti

Boshqa yangiliklar

img

Xalq banki "IV Tashkent Marketing Forum 2026"da taqdirlandi

img62
17 Feb
img

⚠️ Diqqat! Firibgarlarning yangi hiylasi

img147
10 Feb
img

Jamoaviylik va g‘alaba

img105
09 Feb
img

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi boshlandi

img67
05 Feb
img

Xalq banki va xazna jamoasi xalqaro maydonda

img111
02 Feb
img

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun tarif rejalari yangilanmoqda

img300
02 Feb
Barcha yangiliklar