"Kumush Kubok"da 1-o‘rin!
CoSports tomonidan o‘tkazilgan shaxmat bo'yicha turnirda Xalq banki & xazna jamoasi munosib ishtirok etdi.
"Kumush Kubok" yo‘nalishida individual ishtirokchilar orasida Strategiya departamenti tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi biznes analitigi Jamshid Xakimov 1-o‘rinni qo'lga kiritdi, umumiy reytingda bank jamoasi 4-o‘rinni egalladi.


Turnirda Beeline Uzbekistan, Paynet, Alif, KapitalBank, Korzinka kabi 10dan ortiq jamoalar qatnashdi. Kuchli raqobatga qaramay, jamoamiz yuqori natijani qayd etdi.
Jamoamizni g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda ham omad tilaymiz!





