Xalq banki Korporativ Olimpiada g‘olibi!
CoSports tomonidan korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida ilk bor Korporativ Olimpiada tashkil etildi.
Unda 35 ta kompaniya va tashkilotning 56 ta jamoasi suzish, yugurish, plyaj voleyboli, stol tennisi, shaxmat, kibersport, bouling hamda krossfit yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi.
Yakuniy medallar jamg‘armasi natijalariga ko‘ra, Xalq banki va xazna jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallab, Korporativ Olimpiada g‘olibiga aylandi.
Jamoamizni ushbu natija bilan tabriklaymiz!





