Xalq banki xodimlari bir nechta sport yo‘nalishlarida yuqori natijalar ko’rsatdi
Xalq bankida sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy sport madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar o’z natijasini berib, xodimlar sport musobaqalarida yuqori natijalarni ko’rsatmoqda.
Sports Business Hub hamda O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “CORPORATE OPEN CHESS CUP” korporativ shaxmat turnirida bank jamoasi individual va jamoaviy yo‘nalishlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Individual bahslarda Qadamboyev Saidbek musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Yana bir muhim natija xalqaro maydonda qayd etildi. Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan “OceanMan Qazaqstan-2026” musobaqasida Aydiyev Batir 5 kilometr masofani muvaffaqiyatli suzib o‘tib, “Ocean Man” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xalq bankida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan kibersport musobaqasining final bosqichi ham yuqori raqobat ruhida o‘tib, unda bosh bank va mintaqaviy markaz jamoalari faol ishtirok etdi.
Xodimlarning sportdagi ushbu natijalarini bankda sport va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda korporativ sport madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi deyish mumkin.





