logo

Xalqaro reyting agentliklari Xalq bankining moliyaviy barqarorligi, biznes modeli va rivojlanish istiqbollarini yuqori baholamoqda

calendar 03.07.2026eye1

Mamlakat suveren reytingi ko'tarilishi ortidan, joriy yilning 1-iyul kuni Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi Xalq bankining uzoq muddatli depozit reytinglarini Ba3 darajasidan Ba2 darajasiga ko‘tardi hamda reyting  istiqbolini “Ijobiy”dan “Barqaror”ga o'zgartirdi. 

 

Shuningdek, bankning Bazaviy kredit bahosi (Baseline Credit Assessment, BCA) b2 darajasidan b1 darajasiga oshirildi.

 

Bundan avval, joriy yilning 9-iyun kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi ham Xalq bankining uzoq muddatli emitent defolt reytingini (Issuer Default Rating, IDR) “BB” darajasida tasdiqlab, reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirgan edi. 

 

19-iyunda esa agentlik bankning barqarorlik reytingini (Viability Rating, VR) ham “b-”dan “b” darajasiga ko‘tardi. 

 

Bank reytingining yaxshilanishiga, eng avvalo, aktivlar sifati sezilarli darajada yaxshilangani, shuningdek, bank kapitali zaxiralarining mustahkamlanishi va yuqori darajadagi moliyaviy natijalarga erishgani ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Boshqa yangiliklar

img

Xalqaro reyting agentliklari Xalq bankining moliyaviy barqarorligi, biznes modeli va rivojlanish istiqbollarini yuqori baholamoqda

img1
03 Jul
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img10
03 Jul
img

Xalq banki “2026-yilda O‘zbekistonda raqamli transformatsiya bo‘yicha eng yaxshi bank” deb e’tirof etildi

img29
02 Jul
img

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

img12
01 Jul
img

Dam olish kunlari ham xizmat ko'rsatamiz

img183
26 Jun
img

Xalq banki va UnionPay: xalqaro to‘lov xizmatlari yo‘nalishida yangi hamkorlik

img105
23 Jun
Barcha yangiliklar